BMT ekspertlari bilan uchrashuv

SMTIda BMTning Siyosiy masalalar va tinchlikni tiklash departamentining Saylovlarga yordam berish bo'limi ekspertlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Suhbat davomida O'zbekiston saylov tizimida mamlakatda bo'lajak parlament saylovlari tayyorgarlik arafasida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilindi.

Uchrashuvda BMT vakillari ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri bu saylov qonunchiligi va umuman saylov tizimini takomillashtirish hisoblanadi deb ta'kidlashdi. Shu nuqtai nazardan, saylovlarga yordam berish bo'limining siyosiy masalalar bo'yicha mutaxassisi P.Russi Prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilgan misli ko'rilmagan o'zgarishlar saylov qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan "saylov jarayonini takomillashtirish yo'lidagi katta qadam" deb baholadi.

Ta'kidlanganidek, O'zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi qabul qilinishi bu sohada beshta qonunni birlashtirishga imkon berdi. Uchrashuv ishtirokchilarining fikriga ko'ra, Kodeks normalarining hayotga tadbiq etilishi tanlov erkinligi tamoyilining yanada to'liq amalga oshirilishiga, mamlakat saylov tizimini yanada demokratlashtirishga xizmat qiladi. Bu partiyalararo sog'lom raqobat uchun asos yaratadi, aholining huquqiy madaniyati va siyosiy faolligini oshiradi.

Suhbatda, shuningdek, jamoatchilikni siyosiy jarayonlarga jalb qilish darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Shu nuqtai nazardan, hozirgi paytda mamlakat fuqarolarining bo'lib o'tayotgan voqealarga jiddiy qiziqishi kuzatilayotgani, ularning fuqarolik pozitsiyasi mustahkamlanayotgani aytib o’tildi. Ta'kidlanganidek, bu aholining ijtimoiy tarmoqda ayrim masalalar bo'yicha o'z fikrlarini faol va erkin ifoda etishida, davlat idoralari rahbari virtual qabulxonasiga murojat qilishida namoyon bo’lmoqda.