Xitoy zamonaviy xalqaro munosabatlar instituti mutaxassislari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Xitoy Xalq Respublikasi siyosiy maslahat kengashi a'zosi va Xitoy zamonaviy xalqaro munosabatlar instituti prezidenti maslahatchisi Ji Jiyani bilan uchrashuv o'tkazdi.

Suhbat chog'ida Respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlar, O'zbekiston-Xitoy hamkorligini rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va Xitoy zamonaviy xalqaro munosabatlar instituti o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashilindi.

Xitoy xalqining siyosiy maslahat kengashi - Xitoyda yashovchi turli etnik va diniy guruhlarning vakillari o'rtasida ko'p tomonlama hamkorlik va siyosiy maslahatlashuvning muhim qismi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi - siyosiy maslahatlashuvlar o'tkazish, shuningdek, Hukumat faoliyatini demokratik nazorat qilish va davlat ishlarida ishtirok etish.

Uchrashuv davomida, xitoylik ekspert O'zbekiston rahbariyatining olib borayotgan ichki siyosiy islohotlarni amalga oshirishdagi va qo'shni davlatlar bilan konstruktiv aloqalarni yo'lga qo'yishdagi harakatlariga alohida urg’u berdi. Shu bilan birga, bu isloxatlar xorijiy davlatlarning Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko'p qirrali hamkorlikni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratayotganini ta’kidladi. Olib borilayotgan islohatlarga katta qiziqishi uyg’otganini bildirib, Xitoy tomonidan to'liq qo'llab-quvvatlanishi ta'kidlandi.

Shu munosabat bilan tomonlar o'zaro, manfaatli sohalarda ilmiy hamkorlik, shuningdek, xalqaro anjumanlarda, davra suhbatlarida va seminarlarida ishtirok etish va birgalikda tadbirlarni o'tkazish imkoniyatlarini muhokama qildilar.