Polshalik ekspertlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

SMTIda Varshava Sharqiy tadqiqotlar markazining (SHTM) direktori Adam Eberhardt va Polshaning O'zbekiston Respublikasidagi elchisi Piotr Ivashkevich bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Suhbat chog'ida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, jumladan, Afg'onistondagi vaziyat, shuningdek, SMTI va SHTM o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollari mukohama qilindi.

Polshalik mehmonlar O'zbekistondagi hozirgi islohotlar va Toshkentning konstruktiv tashqi siyosati o’z ko’lami va samaradorligi jihatidan katta taassurot qoldirayotganini qayd etdilar. Ular Markaziy Osiyo davlatlarining o'zaro manfaatli hamkorlik va yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini rivojlantirish borasidagi sa'y-harakatlarini yuksak baholadilar. Afg'onistonning iqtisodiyoti va infratuzilmasini tiklashda xalqaro hamjamiyatini e’tiborini jalb qilishda O'zbekistonning ijobiy roli alohida e’tirof etildi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikda ekspertlar uchrashuvlari, davra suhbatlari, seminarlar, shuningdek, Polsha va O'zbekiston nashriyotlarida analitik materiallarni chop etish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.