Yaponiya diplomati bilan uchrashuv

SMTIda Yaponiyaning O'zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi A.Suda bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Suhbat davomida tomonlar O'zbekiston Respublikasida harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, o'zbek-yapon munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari haqida o`zaro fikr almashishdi.

Yaponiya diplomatining so'zlariga ko'ra, so'nggi ikki yil davomida O'zbekiston barcha sohalarda sezilarli natijalarni qo`lga kiritdi. Ayniqsa inson huquqlari sohasidagi ro`y bergan ijobiy o'zgarishlarga aloxida etibor berildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018 yilning noyabr oyida Samarqand shahrida o`tkazilgan inson huquqlari bo`yicha Osiyo forumi shu o`zgarishlarning naqadar jadallik bilan olib borilayotganligi haqida dalolat berayotganligi ta`kidlab o`tildi.

Ikki taraf ham O`zbekiston va Yaponiya o`rtasida hamkorlikning ko`plab sohalarda ayniqsa, savdo-iqtisodiy, investitsion-texnologik, turizm va ta`lim tarmoqlarida yuqori salohiyatga ega ekanligiga iqror bo`lgan holda, mavjud imkoniyatlardan to`liq foydalanilmayotganligini ta`kidlab o`tishdi. A.Sudaning bildirgan fikriga ko`ra, Yaponiya sayyohlari uchun vizaning bekor qilinishi ikki davlat o`rtasidagi munosabatlarning rivojida muhim voqea bo`ldi. Buning natijasida 2018 yilda Yaponiyadan O`zbekistonga tashrif buyurayotgan turistlar oqimi sezilarli darajada oshdi.

Uchrashuv yakunida SMTI va Toshkentdagi Yaponiya elchixonasi o`rtasidagi aloqalarning jadal rivojlanishiga ikki tomonlama qiziqish bildirildi.