SMTIda AQShning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 12 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida mintaqaviy hamkorlik va Markaziy Osiyodagi xavfsizlik masalalari bo'yicha batafsil fikrlar almashildi.

Amerikalik mehmonlarga O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda rivojlanish va barqarorlik, shuningdek, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar borasidagi pozitsiyasi yetkazildi.

Jonatan Henik O‘zbekiston rahbariyatining pragmatik va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi va Markaziy Osiyoda hamkorlik aloqalarining rivojlanishini qo‘llab-quvvatladi.

Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekiston-AQSh hamkorligini yanada rivojlantirishdan, xususan, ikki mamlakat tahliliy markazlari o’rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini ta’kidladilar.