SMTIda AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qo'mondonligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 6 martida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida (SMTI) AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik va xavfsizlik masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

O‘zbekistonning mintaqadagi rivojlanishni ta’minlash, barqarorlik hamda xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar borasidagi prinsipial pozitsiyasi haqida Amerika tomoniga ma’lumot berildi.

Shu nuqtai nazardan, Toshkent Markaziy Osiyoda hamkorlikni mustahkamlash va mintaqani birlashtirish bo‘yicha aniq va muhim qadamlar qo‘yayotgani alohida ta’kidlandi. O‘zaro hurmat va bir-birining manfaatlarini hisobga olishga asoslangan ko‘p tomonlama hamkorlik tufayli Markaziy Osiyoda o‘zaro ishonch muhiti shakllangan, tizimli muloqot yo’lga qo’yilgan bo’lib, o‘zaro manfaatli hamkorlik rivojlanmoqda.