Eldor Aripov Xitoy xalqaro munosabatlar akademiyasi Yevroosiyo instituti direktori bilan uchrashdi

Joriy yilning 28 fevralida “O‘zbekiston va Xitoy: ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo‘lida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov va Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi xalqaro munosabatlar akademiyasi Yevroosiyo instituti direktori Li Tsiguo o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xitoyga davlat tashrifi yakunlari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar. Davlat rahbarlarining o‘tgan uchrashuvi samarali bo‘lgani, erishilgan kelishuvlar, ikki tomonlama kelishuvlarning keng ko‘lamli va serqirraligi alohida ta’kidlandi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik va joriy yilda qo‘shma tadbirlar o‘tkazish masalalari ham muhokama qilindi. O‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini topishga qaratilgan ekspert muloqotini davom ettirishdan manfaatdorlik bildirildi.